“Barselona”ning sobiq futbolchisi Dani Alvesh tez orada yangi jamoaga o`tishi mumkin. Hozirda unga bir nechta jamoalardan taklif tushgan.
Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 38 yoshli Alvesh oldida Braziliya, Argentina, Saudiya Arabistoni va Qatar jamoalaridan yuqori maoshli takliflar kelib tushgan.
Eslatib o`tamiz, futbol tarixida eng ko`p titul yutgan Dani Alvesh “San-Paula”ni maosh muammolari tufayli tark etgandi.
Izzatbek Abduvahhobov tayyorladi






