Buxoro viloyatining Romiton tumani cho`llarida bunyod etilgan maydonda "Zakovat" intellektual o`yinining final bosqichi bo`lib o`tdi. Bu haqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov ma`lum qildi.
Finalda Xorazm va Navoiy viloyati bilimdonlari baxslashib, 2 ta raundda ham xoramzliklar g`alaba qozonishdi. Yutuq - har bir g`olib ishtirokchi uchun Gentra avtomobili - 6 dona.
O`yinda faxriy mehmon sifatida prezident Shavkat Mirziyoev ham ishtirok etdi va o`yin yakunida so`zga chiqib, "Zakovat" klubi kelajagini belgilovchi muhim yangiliklarni bo`lishdi.
Bundan buyon:
- "Zakovat” o`yinlari yoshlar o`rtasida ommaviy-ma`rifiy harakatga aylantiriladi;
- harakatni moliyaviy qo`llab-quvvatlash uchun har yili 50 milliard so`m mablag` ajratiladi;
- shu paytgacha o`z binolariga ega bo`lmagan “Zakovat”chilar uchun Toshkentda alohida bino barpo etiladi;
- yangi yildan boshlab talaba yoshlar o`rtasida birinchi marta Prezident sovrini uchun Intellektual olimpiada tashkil etiladi;
- poytaxtimizda Intellektual o`yinlar shaharchasi, viloyatlarda esa “Intellektual parklar” tashkil etiladi;
- Intellektual musobaqalar g`oliblari va ta`lim sohasida yuqori natijalarga erishgan yigit-qizlar uchun, Bo`stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida “Intellektual maktab” tashkil etiladi;
- Klub faoliyati barcha hududlarda, eng chekka tumanlarda ham yo`lga qo`yiladi;
- g`oliblar uchun “Zakovat” stipendiyasini joriy etiladi.
Shuningdek, dunyo tan olgan olimlar, jumladan, Nobel mukofoti sohiblarining yoshlarimiz va Zakovatchilar bilan uchrashuvlari o`tkaziladi.
Yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan kompyuter va mobil o`yinlarni yaratgan dasturchilarga maxsus grant va subsidiyalar ajratiladi.






