AsosiySport

O`zbekiston MTJ o`rtoqlik uchrashuvida Iordaniyaga mag`lub bo`ldi

'O`zbekiston MTJ o`rtoqlik uchrashuvida Iordaniyaga mag`lub bo`ldi'ning rasmi

Xabaringiz bor, O`zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniyaga o`quv-yig`in mashg`ulotlarini o`tkazayotgan edi.  

Bugun terma jamoamiz yig`in doirasida Iordaniyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 3:0 hisobida mezbon Iordaniya terma jamoasining g`alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, Srechko Katanes boshchiligidagi terma jamoamiz oktyabr oyidagi o`quv-yig`in mashg`luotlarini yakunladi.  

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi 9 oktyabr kuni Malayziyaga qarshi to`p surib, 5:1 hisobidagi g`alabani qo`lga kiritgan edi.  

O`zbekiston - Iordaniya 0:3  

Gollar: Faisal Baha (30), Al Nasib Abdullox (56)  Hamza Al Dardur (83)

O`zbekiston: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Islom Qobilov (Abdulla Abdullaev, 46), Doston Tursunov (Husniddin Aliqulov, 60), IbrohimHalil Yo`ldoshev (Farrux Sayfiev, 60), Dostonbek Hamdamov (Azizbek Amonov, 46), Oybek Bozrov (Igor Sergeev, 60), Eldor Shomurodov (Azizbek G`aniev, 73).

Izzatbek Abduvahobov tayyorladi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar