Kecha o`tkazilgan saralash o`yinlaridan keyin jahon chempionatiga yo`llanmani qo`lga kiritgan ikkinchi terma jamoa ma`lum bo`ldi.
Jahon chempionati saralash bosqichining 8-turi doirasida Avstriyani 1:0 hisobida “taslim” etgan Daniya milliy terma jamoasi muddatidan avval yo`llanmani naqd qildi.
Kasper Yulmann shogirdlari 24 ochko bilan o`z guruhining yaqqol peshqadamiga aylanib, ikkinchi o`rindagi Shotlandiyadan 7 ochko ilgarilab ketdi. Bu Germaniyani Qatardagi jahon chempionatida ishtirokini ta`minladi.
Ma`lumot o`rnida aytib o`tamiz, Daniya terma jamoasi saralash o`yinlarida so`nggi ikki uchrashuvini Farer Orollari (13 noyabr) va Shotlandiyaga (16 noyabr) qarshi o`tkazadi.






