AsosiySiyosat

"Mehnat kodeksi" haqidagi qonun loyihasi qayta ko`rib chiqilmoqda

'"Mehnat kodeksi" haqidagi qonun loyihasi qayta ko`rib chiqilmoqda'ning rasmi

Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Unda deputatlar  “O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to`g`risida”gi qonun loyihasini  ikkinchi o`qishda moddama-modda ko`rib chiqishmoqda.

Qayd etilishicha, qonun loyihasida bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolarini ko`rib chiqish kabi normalar o`z aksini topgan.

Shuningdek, loyihani takomillashtirish jarayonida 50 dan ortiq moddalar zarur normalar bilan to`ldirilmoqda , 34 ta modda, 60 ga yaqin moddadagi bandlar chiqarib tashlanib, kodeks 5 ta yangi modda kiritilmoqda.

Ta`kidlanishicha qonun loyihasini ko`rib chiqish jarayonida undagi ayrim normalar amaldagi qonunlarga mosligi o`rganib chiqilib, mazkur jarayonda loyihadagi ayrim normalar “Mehnat muhofazasi to`g`risida”gi, “Kasaba uyushmalar to`g`risida”gi, “Aholi bandligi to`g`risida”gi qonunlarga zid ekanligi aniqlanib, mazkur kamchiliklar bartaraf etilgan.

Boshqa yangiliklar