Kuvayt futbol assosiasiyasi 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichi doirasidagi «D» guruhi o`yinlarini qabul qilish rejalashtirilgan edi.
«Futbolium» kanalining yozishicha, KFA ushbu turnir bahslarini qabul qila olmaydigan bo`lgan. Ushbu mamlakatda «D» guruhi o`yinlari – Saudiya Arabistoni, Bangladesh va O`zbekiston ishtirokidagi uchrashuvlar o`tkazilishi belgilangan edi.
Qayd etilishicha, OFK shoshilinch ravishda Kuvayt o`rniga yangi mezbon izlamoqda va Saudiya Arabistoni va O`zbekistonga ushbu turnirning «D» guruh o`yinlarini o`tkazishni taklif qilgan.
Eslatib o`tamiz, ushbu musobaqaga Temur Kapadze murabbiyligidagi O`zbekiston Olimpiya jamoasi tayyorgarlik ko`rayotgan edi. Shu sababli Pro liga «A» guruhining so`nggi uch tur o`yini noyabr oyiga ko`chirilgan edi.






