AsosiySport

Sambo: ikki nafar hamyurtimiz jahon chempioni, yana besh nafari sovrindorga aylandi

'Sambo: ikki nafar hamyurtimiz jahon chempioni, yana besh nafari sovrindorga aylandi'ning rasmi

Bugun Gresiyaning Saloniki shahrida sambo bo`yicha yoshlar va o`smirlar o`rtasida Jahon chempionatiga start berildi.

Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqaning dastlabki kungi bellashuvlarida jami 7 nafar hamyurtimiz g`oliblik uchun gilamga chiqishdi. 

Ularning barchasi yakunda shohsupaga ko`tarilgan. Jumladan, yakuniga etgan bugungi bellashuvlarda o`smirlardan Egambergan Iskandarov (-53 kg) hamda Gulhayo Jo`raeva (-50 kg) oltin medalga sazovor bo`lishdi. Yana bir hamyurtimiz E`zoza Abdumo`minova esa (-47 kg) vazn toifasida kumush medal sohibasiga aylandi.

Yana to`rt nafar sambochimiz esa bronza medaliga ega chiqishdi. Bular:

-64 kg: Bexruz Omonov (o`smirlar),

-54 kg: Shaxzoda Azatova (qizlar),

-98 kg: Murod Erkinov (yoshlar),

+98 kg: Dilrux Asliddinov (yoshlar).

    Boshqa yangiliklar