FIFA tashkiloti Qatar ko`magida 100ga yaqin sportchilarning oila a`zolari bilan Afg`onistondan Dohaga evakuasiya qildi.
Bu haqda FIFA tashkiloti rasmiy manbasi xabar bermoqda. Dohaga 357 kishi evakuasiya qilingan, jumladan, ulardan 100 nafari futbolchilar hisoblanadi.
“FIFA rahbariyati avgust oyidan buyon Qatar hukumati bilan bu masala bo`yicha muzokara o`tkazib keladi. Kelajakda boshqa sportchilarni ham xavfsiz joylarga evakuasiya qilishni rejalashtirganmiz”, - deya beradi FIFA rasmiy vakili.
Izzatbek Abduvahobov tayyorladi






