“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba “Barselona”ga o`tmasligi ma`lum qildi.
Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Kataloniya klubi moliyaviy muammolar tufayli Pogbani o`z tarkibiga qo`sha olmaydi. Shuningdek, fransiyalik yarim himoyachi “Manchester Yunayted” safida yiliga 17 million evro atrofida maosh oladi.
“Barselona” esa buni to`la olmasligi, uning agenti so`rayotgan komissiya pulini ham to`lashga qurbi etmasligini ma`lum qilgan. Ma`lumot uchun, Pogba bu mavsumda APLda 8ta o`yinda 7ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Izzatbek Abduvahobov






