AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Pfizer/BioNTech vaksinasining 526 500 dozalik yana bir partiyasi olib kelindi

'O`zbekistonga Pfizer/BioNTech vaksinasining 526 500 dozalik yana bir partiyasi olib kelindi'ning rasmi

Hozirgina yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining 526 500 dozalik yana bir partiyasi olib kelindi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati. Bundan avval ushbu vaksinadan 1 200 000 doza keltirilgan edi.  

O`zbekistonga olib kelingan Pfizer/BioNTechning umumiy miqdori 1726 500 dozaga etdi.

Shunday qilib, yurtimizda emlash boshlanganidan beri keltirilgan vaksina miqdori esa 29 214 488 dozani tashkil qilmoqda.  

Eslatib o`tamiz, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni ham Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlashga ruxsat berilgan.  

14 oktyabr holatiga ko`ra, yurtimizda 151 124 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.

 

    Boshqa yangiliklar