1

Mashhur futbolchilar va ularning rafiqalari (1-qism)

Sport 16.04.2016, 11:55
Teglar: Muhabbat, Ota-ona, Oila, Er-xotin, Baxt
Mashhur futbolchilar va ularning rafiqalari (1-qism)

Futbol yulduzlari faqat futbol bilan mashg`ul bo`libgina qolmay, shaxsiy hayotlariga ham vaqt ajratadi, oila quradi va bo`sh vaqtlari bo`ldi deguncha uni oila davrasida o`tkazadi. Bugungi sahifamizda mashhur futbolchilar va ularning raqifalari va ma`shuqalari bilan sizlarni yaqinlan tanishtirishga ahd qildik. 

Lionel Messi va Antonella Rokkusso

Lionel Messi va Antonella Rokkusso yoshligidan bir-biriga ko`ngil qo`yib, hozirgi kunga qadar bir-biriga sadoqatini yo`qotmagan. Ular rasman nikohdan o`tmagan bo`lishsa-da, oilasi mustahkam. Messi va Rokkuso ikki farzandni voyaga etkazmoqda. 

Devid va Viktoriya Bekxemlar 

Futbolchilik faoliyatidani eng yorqin o`yinlarini “Manchester Yunayted” futbol klubida o`tkazgan Devid Bekxem 1999-yilning 4-iyulida “Spays Gyorls” guruhi a`zosi Viktoriyaga turmushga chiqadi. Qariyb 17 yildirki Bekxemlar oilasi havas qilsa arziydiganlardan bo`lib kelmoqda. Ular 4 nafar farzand (3 o`g`il va 1 qiz) Romeo, Bruklin, Kruz va Xarperni katta qilishmoqda. 

Bastian Shvaynshtayger va Ana Ivanovich

“Bavariya” klubining afsonaviy futbolchisi, ayni damda “MYu” yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger va serbiyalik go`zal tennischi Ana  Ivanovich bir-biriga ko`ngil qo`ygan. Juftlik bir necha yillardan buyon o`zaro munosabatlarini yashirmay keladi. Tez kunlarda ularning to`yi bo`lishi kutilmoqda. 

Paulo Dibala va Antonella Kavaleri

Argentinalik termasi va “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Paulo Dibalani “bo`lajak Messi” deya e`tirof etishadi. U o`zining mashhur vatandoshi Messi singari Antonella ismli qizga ko`ngil qo`ygan. Dibalaning italiyalik ma`shuqasi modellik bilan shuhullanadi. Yosh juftlik bo`sh vaqtlarini birga o`tkazadi. Ular tez orada oila qurishmoqchi. 

Garet Beyl va Emma Rays-Jons

Dunyoning eng qimmat futbolchisi sifatida qayd etilgan “Real Madrid” klubi va Uels terma jamoasi Garet Beyl britaniyalik Emma Rays-Jons bilan turmush qurgan. Ular Ulba Violet Beyl ismli qizchani voyaga etkazishmoqda. 

Stiven Jerrard va Aleks Karran

“Liverpul” afsonasi, Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard 2007 yilda Aleks Karranga uylanadi. Hozirda ushbu oila uch nafar qizni – Lilli-Ella Jerrard, Leksi Jerrard va Lurdes Jerrardni katta qilmoqda. 

Jerar Pike 

“Barselona” himoyaichi Jerar Pike kolumbiyalik mashhur xononda bilan 2010 yilda tanishib, turmush qurgan. Yulduzli oila Milan Pike Mubarek va Sasha Pike Mubarek ismli ikki o`g`ilning ota-onasi. 
 

Ueyn Runi

Angliya terma jamoasi hamda “Manchester Yunayted” klubi sardori Ueyn va Kolin Runilar ham havas qilsa bo`ladigan yulduzli oilalardan biri. Ushbu oila 2008 yilda turmush qurgan va hozirgi kunga qadar mustahkamlardan biri. Runilar oilasida uch o`g`il katta bo`lmoqda. Kay Ueyn Runi 6 yoshda bo`lsa, Kley Entoni Runi 2 yoshga to`ldi. Eng kenja farzand Kit Jozef Runi esa to`rt oylik bo`ldi.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Er-xotin 5 bosh qo`y o`g`irlab qo`lga tushdi

03.12.2019, 10:59

 Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1