“PSJ” hujumchisi Neymar, yarim himoyachi Leandro Paredes va himoyachi Serxio Ramos jarohat tufayli “Leypsig”ga qarshi Chempionlar ligasining 3-turi doirasida o`ynamaydi.
Klub rasmiy sayti xabar berishicha, Neymar Braziliya terma jamoasi yig`inidan qaytib kelganidan so`ng belida og`riq his qilmoqda. Paredes esa Argentina terma jamoasi safida jarohat olgan. Ramos esa “PSJ”ga kelib qo`shilganidan buyon birorta uchrashuvda maydonga tushmagan. Ispaniyalik futbolchi jarohatini hamon tiklamoqda.
Eslatib o`tamiz, “PSJ” ertaga Chempionlar ligasi doirasida “Leypsig”ga qarshi bahsi Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
Izzatbek ABDUVAHOBOV tayyorladi






