AsosiySport

Rasman: futbol bo`yicha U-23 Osiyo kubogi saralash o`yinlari Toshkentda o`tkaziladi

'Rasman: futbol bo`yicha U-23 Osiyo kubogi saralash o`yinlari Toshkentda o`tkaziladi'ning rasmi

U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichining “D” guruhidan o`rin olgan o`yinlar O`zbekistonda o`tkaziladi. Bu haqda O`zbekiston futbol assosiasiyasi media departamenti rasman ma`lum qildi.

 

Ayrim sabablarga ko`ra, Quvayt davlati mazkur saralash bosqichi uchrashuvlariga mezbonlik qila olmasligini ma`lum qildi. Shu sababli OFK saralash o`yinlarini mamlakatimizda o`tkazilishini tasdiqladi.

 

Ma`lumot o`rnida aytish kerak, “D” guruhidan O`zbekiston, Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Quvayt terma jamoalarini joy olishgan. Uchrashuvlar joriy yilning 27-oktyabridan 2-noyabriga qadar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

 

U-23 Osiyo kubogining final bosqichi kelgusi yil yurtimizda bo`lib o`tadi, shu sababli saralash bahslari vakillarimiz uchun tayyorgarlik vazifasini o`tab beradi.

 

Eslatib o`tamiz, ushbu musobaqalarda Temur Kopadze boshchiligida O`zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etadi.

 

    Boshqa yangiliklar