Bugun, Istanbul (Turkiya) shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK, Turkiy kengash)ning Yuqori lavozimli mutasaddi xodimlar komissiyasining 29-yig`ilishi o`z ishini yakunladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
8-19 oktyabr kunlari tashkilotga a`zo davlatlar - Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkiya va O`zbekiston, shuningdek, Turkiy kengash kotibiyati delegasiyalari TTDHKning joriy yil noyabr oyida Istanbulda bo`lib o`tadigan navbatdagi sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy jihatlarini ko`rib chiqdi. Shuningdek, sammitga taqdim etishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalarini muhokama qildi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston 2019 yil oktyabr oyida Turkiy kengashning to`laqonli a`zosi bo`ldi. Prezident Shavkat Mirziyoev 2019 yil 15 oktyabr kuni TTDHKning Boku (Ozarbayjon) shahrida bo`lib o`tgan 7-sammitida ishtirok etdi.






