AsosiySport

«MYu» Zidan bilan muzokara boshladi

'«MYu» Zidan bilan muzokara boshladi'ning rasmi

«Manchester Yunayted» klubi rahbariyati Ole-Gunnar Sulsherni iste`foga chiqarib, o`rniga Zineddin Zidanni taklif qilishi mumkin.

Ispaniyaning El Chiringuito nashri xabariga ko`ra, «Manchester Yunayted» klubi jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu tavsiyasiga binoan Zineddin Zidan bilan muzokaraga kirishgan. Portugaliyalik yulduz «Real»dagi sobiq ustozini Manchesterda ko`rishni istamoqda. Fransiyalik mutaxassis ham «MYu»dan taklif tushgan taqdirda ko`rib chiqishga tayyor.

Ingliz nashrlari esa klub rahbariyati Sulsherga ishonch bildirayotgani haqida xabar qilmoqda.

Ma`lumot uchun, «Manchester Yunayted» so`nggi 5 o`yinida bor yo`g`i bitta g`alabaga erishdi. Klub APL 8-turidan keyin 14 ochko bilan 6-pog`onadan joy olgan. Klubni oldinda «Atalanta» (20 oktyabr) va «Liverpul»ga (24 oktyabr) qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. 

    Boshqa yangiliklar