Banandan Gepatit B va OITS kasalliklari tarqalayotgani rostmi?

Jamiyat 16.04.2016, 14:00
Teglar: Salomatlik, Kasallik
Banandan Gepatit B va OITS kasalliklari tarqalayotgani rostmi?

“Shoshiling! Do`stlar, men hayratdaman... Yozayapmanu qo`llarim titrayapti. Banan sotib olmang. Mana hozir bananning ichi qon bilan to`la ekaniga guvoh bo`ldim...”, “Men ham bu haqida eshitdim. Yaqinlarim orasida shifoxonada ishlaydigan kishi bor. U shunday bananlar tufayli bir necha bolaning ichi buzilib kasalxonaga keltirilganini aytganidan so`ng, banan sotib olmay qo`ydim” ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo`lgan mana shunday yozuvlar atrofida bir tomoni qizargan banan mevasining rasmi va undan Gepatit B va OITS kasalliklari tarqalayotganligi haqidagi xabarlar avj ola boshladi. 

Yaxshilab e`tibor bersangiz, undagi rasmlar fotoshop mahsuliga o`xshaydi, ammo keltirilgan izohlar barchaga ta`sir etishi tabiiy. Ushbu holatga aniqlik kiritish uchun Sog`liqni saqlash vazirligi bilan bog`landik. Xo`sh, Gepatit B va OITS kabi og`ir turdagi yuqumli kasalliklarning mevalar orqali tarqalish xavfi qanchalik asosli? Umuman, bu xastalikning yuqish yo`llari qanaqa? Bu boradagi savollarimizga quyidagicha javob oldik.

BANAN KASALLIK TAShUVChI BO`LOLMAYDI

Nuriddin Toshboev, Respublika Davlat Sanitariya-epidimiologiya nazorati markazi bosh vrach o`rinbosari:

Eng avvalo shuni aytish kerakki, OITS va Gepatit B kasalliklari faqat qon orqali yuqadi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan banandan yuqishi borasidagi fikrlarning barchasi asossiz. Sababi, infeksiyaning yuqishi uchun sharoit bo`lishi kerak. Agar banan va boshqa mevalarga Gepatit B va OITS kasalliklari virusi shprisda jo`natilgan holda ham, u erda virus rivojlanadigan muhit yo`q va u o`lib qoladi.

QAYSI HOLATLARDA YuQIShI MUMKIN? 

Yuqorida ta`kidlaganimizdek, bu kasalliklar qon orqali yuqadi va kundalik turmushimizda qon bilan ishlash jarayoniga bog`liq tibbiy asboblar, go`zallik salonlaridagi sterillanmagan va zararsizlantirilmagan uskunalar, shuningdek, jinsiy yo`l va homila orqali yuqishi kuzatilgan. 

KASALLIKDAN QUTULISh MUMKINMI?

Bu ikkala kasallik ham og`ir turdagi yuqumli kasallik hisoblanadi.

“Gepatit B”da kompleks davolash amali bajarilganida, 1-1,5 yilda tuzalib ketadi. Agar vaqtida to`laqonli davolanmasa, jigarning funksional buzilishiga va “jigar sirrozi”ga olib keladi.

OITS bilan og`rigan bemorlarda antiretrovirusli terapiya muolajasi olib boriladi va bu faqatgina bemorning umrini ma`lum muddatgagina uzaytirishi mumkin.

MEAVALARDAN QANDAY KASALLIK YuQADI?

Mevalarning erga tushishi va yuvib iste`mol qilinmaganida yuqumli ichak kasalligining bir qancha turlari va ayniqsa ifloslangan suv orqali Gepatitning A turi yuqishi mumkin. 

ChETDAN KIRUVChI OZIQ-OVQATLAR SIFATI NAZORATDA

Respublikamizga kirib kelayotgan nafaqat banan, balki barcha oziq-ovqat mahsulotlari maxsus tekshiruvdan o`tadi. Mahsulotning nomini bildiruvchi muvofiqlik sertifikati beriladi.Shuningdek, mahsulot sifatini belgilovchi gigienik sertifikat ham mavjud bo`lib, uni akkriditasiyadan o`tgan laboratoriyasi mavjud bo`lgan Sanitariya-epidimiologiya nazorat markazlari beradi. 

Internetdagi fithacker.ru sayti bergan ma`lumotga ko`ra, bananga yopishtirilgan nakleykalar uning sifat darajasidan xabar beradi. Unga ko`ra:

Agar nakleykada 4 belgili kod bo`lib, ular 3 yoki 4 raqami bilan boshlansa, mahsulotning intensiv (tezlashtirilgan) usulda turli o`g`it va pestisidlar vositasida etishtirilganini anglatadi;

Agar mahsulotda 5 belgili kod bo`lib, ular 9 raqami bilan boshlansa, bananning tabiiy usulda etishtirilganini bildiradi. Ayni paytda bu usulni «organik», ya`ni turli pestisid va o`g`itlardan xoli metod deb ham atashadi;

Agar nakleykada 5 belgili kod bo`lib, ular 8 raqami bilan boshlansa, bu mahsulotning genetik qo`shilma (modifikasiyalangan) ekanidan, GMOligidan dalolat.

Farida EGAMBERDIEVA tayyorladi

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1