Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar o`rtasida shaxmat bo`yicha “2021 SCO National Chess Online Team Tournament” turniri o`tkazildi. Bu haqda Markaziy Olimpiya Qo`mitasi ma`lum qildi.
Musobaqa aylanma tizimda tashkil etildi va unda 9 mamlakatdan (O`zbekiston, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog`iston, Belarus, Mo`g`uliston, Qirg`iziston) 10 ta jamoa ishtirok etdi.
Turnirda yurtimiz sharafini uch grossmeyster Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboev himoya qilishdi. Vakillarimiz o`tkazilgan 9 o`yindan 7 tasida g`alaba qozonishdi va 2 o`yinda durangga imzo chekdilar. Tabiiyki, bu ishtirokchilar orasida eng yaxshi ko`rsatkich bo`ldi va shaxmatchilarimiz birinchi o`rinni qo`lga kiritishdi.






