Evropa Chempionlar ligasining 3-turi bahslariga start berildi. Birinchi kungi bahslarda bir nechta kutilmagan natijalar qayd etildi.
“Manchester Siti” safarda “Bryugge”ni 5:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. “Liverpul” esa Madrid shahrida “Atletiko”dan ustun keldi - 3:2.
Turnir favoritlaridan biri “Real” esa Ukrainada “Shaxtyor”ga qarshi bahsda raqib darvozasiga javobsiz beshta to`p yo`lladi.
“Borussiya D” esa kutilmaganda “Ayaks”dan qashqatkich zarbani qabul qilib oldi - 0:4.
Chempionlar ligasi, 3-tur:
- “Bryugge” – “Manchester Siti” – 1:5
- “Beshiktosh” – “Sporting” – 1:4
- “Shaxtyor” – “Real” – 0:5
- “Inter” – “Sherif” – 3:1
- “PSJ” – “Leypsig” – 3:2
- “Ayaks” – “Borussiya D” – 4:0
- “Portu” - “Milan” – 1:0
- “Atletiko” – “Liverul” – 2:3.
Izzatbek Abduvahobov tayyorladi






