1

Yaponiyalik rejissyorning “Dunyoning bir chekkasi”filmining premerasi bo`ldi

Madaniyat 21.10.2021, 17:45
Yaponiyalik rejissyorning “Dunyoning bir chekkasi”filmining premerasi bo`ldi

Xalqaro media hollda yaponiyalik rejissyor Kiyosi Kurasavaning “Dunyoning bir chekkasi”filmining premerasi va Toshkent xalqaro kinofestivali yakunlarining sarhisobi bo`lib o`tdi

Timur Bekmambetov va bir qator xalqaro kino ekspertlar Toshkent kinofestivali haqidagi taassurotlari haqida so`zlab berishdi.

20 -oktyabr kuni O`zbekiston Prezidenti saylovlari bilan bog`liq siyosiy tadbirlar bilan bir qatorda, madaniy tadbirlarni jamlash uchun samarali platforma sifatida xizmat qilayotgan Xalqaro media hollda ““Ipak yo`li dudonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali natijalari” nomli konferensiyasi bo`lib o`tdi. Tadbirda diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, O`zbekiston va xorijiy davlatlarning etakchi kino mutaxassislari, OAV vakillari va yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvni O`zbekiston bosh vazirining o`rinbosari Aziz Abduhakimov, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, Yaponiyaning O`zbekistondagi elchisi Yoshinori Fudjiyamu ochib berishdi.

"Ta`kidlab o`tish lozimki, davlat rahbari tashabbusi bilan qayta tiklangan kinofestivalning muvaffaqiyatli o`tkazilishi ko`plab mutaxassislar va tashkilotlarning xizmatidir, -deb ta`kidladi Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov. - Toshkent xalqaro kinofestivalimamlakat kino sanoati rivojiga davlat va qator tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan keng ko`lamli sarmoya sifatida xizmat qiladi. Mazkur kinofestivalni o`tkazishda faol qatnashgan mutaxassislargaO`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomidan faxriy yorliqlar topshirishga qaror qilindi. Ayniqsa, kinofestivalni tayyorlash va o`tkazishda o`z hissasini qo`shgan xorijlik hamkasblarimizning xizmatlarini alohida ta`kidlashni istardim ", - deya ta`kidladi Aziz Abduhakimov.

O`zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov yig`ilishning barcha ishtirokchilariga va kinofestivalni tayyorlashda faol ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

“Hozirda o`zbek kinematografiyasi yanada rivojlanmoqda. O`zbekistonning rivojlanish strategiyasi tufayli so`nggi besh yilda kino sanoati ulkan yutuqlarga erishayotganini guvohi bo`lmoqdamiz. Bu kabi fikrlar dunyoningetakchi kino ekspertlariga tegishli. Shuningdek, kino sohasining rivojiga misol sifatida, kapital rekonstruksiya qilingan «O`zbekfilm» binosining taqdimotini, 28 million AQSh dollari qiymatidagi yangi texnik jihozlarining keltirilishini, yangi Kino uyi, Kino muzeyi, oltita kinoteatr, Kino fondining yangi binosi va VGIK filialining ochilishini, milliy filmlarning ilk premeralarini, milliy kinematografiya durdonalarining xorijiy mamlakatlardvn qaytarilishini, o`nlab mahorat darslari va uchrashuvlarni, jahon kino yulduzlarining taqdimotlari va tadbirlarini ko`rsatib o`tishimiz mumkin. Bu kino sanoatida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarni tasdiqlaydigan voqealarning to`liq ro`yxati emas. Amalga oshirilayotgan islohotlarO`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ulkan qo`llab -quvvatlashining yorqin natijasidir”, - deb ta`kidladi Kinematografiya agentligi bosh direktori.

Tadbir doirasida turli mamlakatlar kinoijodkorlari ishtirokida ZOOMkonferensiya o`tkazildi. Ishtirokchilar kinofestival yakunlarini sarhisob qilishdi va O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qayta tiklangan ushbu ulkan kino tadbiri haqida o`z fikrlari bilan bo`lishishdi.

Zoom-konferensiyada taniqli rejissyor Timur Bekmambetov, «Belarusfilm» kinostudiyasi bosh direktori Vladimir Karachevskiy, Qirg`iziston Madaniyat, axborot va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya boshqarmasi direktori Muktali Bektenaliev, qirg`iz kino tanqidchisi, kino tarixchisi, teleboshlovchi Gulbara Tolomushova, Eronning IRIB Media Trade distribyutorlik kompaniyasi ijrochi direktori Alireza Shaxruxi, “Roskino” rahbari Evgeniya Markova, “Vittorio Strada” jamg`armasi rahbari Olga Strada ishtirok etishdi.

«Har tomonlama ajoyib tadbir tashkil etilgani uchun Rossiya tomoni nomidan minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz hammamiz O`zbekiston qanchalik tez va jadal rivojlanib borayotganini o`z ko`zimiz bilan ko`rib turibmiz, biz katta muvaffaqiyatlarga, shu jumladan birgalikda amalga oshirilayotgan loyilarning muvaffaqiyatiga ishonamiz. Bu to`lqinni ko`targaningiz va atrofdagilarga O`zbekiston qanday kuch va potensialga egaligini eslatganingiz uchun tashakkur”, - dedi Roskino rahbari Evgeniya Markova.

Rejalar haqida gapirar ekan, Evgeniya Markova quydagi gaplarni aytib o`tdi: "Rossiyaga qaytganimizdan so`ng, biz darhol qo`shma loyihalarni amalga oshirish, kino sohasidagi kesishuv nuqtalarini topish haqida o`ylay boshladik. Sankt-Peterburgda Rossiya va O`zbekiston o`rtasidagi ko-produksiya bo`yicha yirik tadbir bo`lib o`tishi kutilmoqda”.

«Belarusfilm» bosh direktori Vladimir Karachevskiy ham Toshkent kinofestivalining amaliy ahamiyatini ta`kidlab, o`tkazilgan yirik tadbirga bag`ishlangan fikrlarini aytib o`tdi.

«Mening yuragim O`zbekistonda qolib ketdi, biz hali ham Toshkentda o`tkazgan kunlarimiz haqidagi xotiralar bilan yashayapmiz. Belarus delegasiyasi Toshkent xalqaro kinofestivaliga taklifnoma uchunsamimiy minnatdorchilik so`zlarini etkazishimni so`rashdi. Toshkentda men Minskda bo`lib o`tadigan “Listopad” kinofestivalida foydalanish mumkin bo`lganjihatlarni ko`rdim. Kinofestivaldao`zbekistonlik mehmonlar va kinoijodkorlar ham ishtirok etishadi. Shuningdek, biz ko-produksion loyihalarni amalga oshirish haqida muzokaralar olib borayapmiz, vatandoshingiz Topivoldiev haqida film suratga olishni va Belarusda "O`zbekiston kino kunlari" va O`zbekistonda"Belarus kino kunlari"ni o`tkazishni rejalashtiryapmiz", - dedi Karachevskiy.

Italiyaning “Vittorio Strada” jamg`armasi rahbari Olga Strada Toshkent xalqaro kinofestivalini haqiqiy ilhom manbai deb atadi.

“Kinofestivalning ko`lami hammada ijobiy taassurot qoldirdi. Fursatdan foydalanib, ushbu tadbir tashkilotchilariga o`z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Italiya bilan hamkorlikda kino mahsulotlarini yaratish bo`yicha bir nechta takliflar kelib tushmoqda. O`zbekiston - har xil janrdagi filmlar uchun ajoyib suratga olish maydoni sifatida xizmat qilishi mumkin, o`ylaymanki, bu albatta xorijlik kinoijodkorlarni qiziqtiradi”, - dedi Olga Strada.

Tadbirning barcha ishtirokchilari navbatdagi "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivalini intizorlik bilan kutayotganlarini ta`kidlab o`tishdi. O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Aziz Abduhakimov barcha ishtirokchilarni kelasi yilning kuzida o`tkazilishi rejalashtirilgan kinofestivalga taklif etdi.

Eslatib o`tamiz, "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivalida 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi, O`zbekiston Respublikasi bo`ylab 40 ta lokasiyadan foydalanildi. Lyuk Besson, Stiven Sigal, Jerar Deparde, Timur Bekmambetov, Pavel Priluchniy, Nikita Mixalkov, Randhir Kapur, Melisa Asli Pamuk, Nuri Bilige Seylan, Rob Minkoff, Franko Nero, Valter Afanasev, Aleksey Chadov kabi mashhur yulduzlar festival mehmoni bo`lishdi.

Tadbir tashkilotchilari kinofestival mehmonlarining fikrlari va ushbu yirik kinofestivalning yorqin voqealari aks ettirilgan maxsus jurnal nashr etilishi e`lon qilishdi.

Tadbir so`ngida yapon rejissyori Kiyosi Kurasavaning "Dunyoning bir chekkasi" filmining premerasi bo`lib o`tdi. Ushbu film o`zbek va yapon kinoijodkorlari tomnidan hamkorlikda amalga oshirilgan ilk loyiha hisoblanadi. Yaponiyaning O`zbekistondagi elchisi Yoshinori Fujiyamu ta`kidlaganidek, “kinokartina voqealari O`zbekistonda sodir bo`ladi. Film Yaponiyadan O`zbekistonga kelgan va bu erda do`stlar topib, mamlakatni sevib qolgan qiz haqida hikoya qiladi".

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1