1

“Ipak yo`lida” filmi xalqaro kinofestivallarga qatnashadi

Madaniyat 23.10.2021, 14:34
“Ipak yo`lida” filmi xalqaro kinofestivallarga qatnashadi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ipak yo`lida” qisqa metrajli filmi joriy yilning 1-11 noyabr kunlari AQSh da o`tkazilayotgan «Asian World Film Festival» hamda 16-21 dekabr kunlari Rossiyada bo`lib o`tadigan «Moskovskaya premera» xalqaro kinofestivallarida ishtirok etadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi.

Mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida suratga olingan. Kinofestivalning bosh sovrini «Gran-Pri» hamda «Eng yaxshi aktyor» nominasiyasida g`oliblikni qo`lga kiritgan.

Ssenariy muallifi Shohjahon Subhonov, postanovkachi rejissyor Sherzod Nazarov, postanovkachi operator, Diyor Ismatov, rassom Erkin Hushmatov, badiiy rahbar Ali Hamroev.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1