Telefon orqali muloqot chog`ida Vladimir Putin O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni Prezident saylovidagi ishonchli g`alabasi bilan qizg`in tabrikladi, deya yozmoqda "kremlin.ru".
Ular Rossiya-O`zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining butun majmuasini har tomonlama rivojlantirishga o`zaro moyilligini tasdiqladilar.
Rossiya prezidenti Shavkat Mirziyoevga ham tabrik telegrammasi yo`lladi, deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, sal avval ayrim xorijiy OAVlarda saylov natijalari e`lon qilingani haqidagi xabarlar MSK tomonidan rad etilgan edi.