AsosiySiyosat

O`zbekiston va Belarus Respublikasi o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko`rib chiqildi

'O`zbekiston va Belarus Respublikasi o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko`rib chiqildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 oktyabr kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Belarus rahbari O`zbekiston etakchisini kecha bo`lib o`tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g`alaba bilan samimiy qutlab, mo`ljallangan rejalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar, do`st O`zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko`rib chiqildi. Savdo aloqalari jadal rivojlanib, etakchi korxonalarning kooperasiyasi kengayib borayotgani, madaniy-gumanitar almashinuv faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezidentlar mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi va Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini ta`kidladilar.

    Boshqa yangiliklar