YXHT Parlament Assambleyasi, EXHT/DIIHB va Evropa Parlamenti tomonidan saylovini kuzatish natijalarini taqdimotiga bag`ishlangan press-konferensiyadagi bayonotlari xulosasiga ko`ra prezidentlik saylovlari bo`lib o`tganligi tan olindi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.
Jumladan, EXHT missiyasi va Evropa Parlament ta`kidlashicha:
– 1267 ta saylov uchastkasida kuzatuv amalga oshirilgan. Ovoz berish jarayoni tinch va tartibli o`tib, MSK kun davomida ovoz bergan saylovchilarning soni to`g`risida jamoatchilikni xabardor qilib turgan. Barcha saylov uchastkalarida siyosiy partiyalar va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar ishtirok etgan. Shuningdek, saylovni 966 nafar xalqaro kuzatuvchi va 1672 nafar jurnalist kuzatgan. Bu saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta`minlagan. Ovoz berish jarayoni bilan bog`liq salbiy holatlar faqatgina 11 foiz saylov uchastkasida qayd etilgan.
– prezidentlik saylovlari O`zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda “Yangi O`zbekiston” shiori ostida amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasining izchil amalga oshirilishi sharoitida o`tkazildi.
– so`nggi yillarda O`zbekistonda saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonida sezilarli yutuqlarga erishilgani, saylov qonunchiligida qator islohotlar EXHT/DIIHBning tavsiyalarini doirasida amalga oshirilganligi e`tirof etildi. Saylovoldi tashviqotini to`siqlarsiz o`tkazish kafolatlari kuchaytirilgani, ma`muriy resurslardan foydalanish faktlarini istisno qilish chora-tadbirlari ijobiy baholanib, saylov huquqlarini himoya qilish kafolatlari kuchaytirilgani qayd etildi.
– COVID-19 bilan bog`liq muammolarga qaramay, MSK o`z faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda professional, sifatli va samarali tashkil etdi. Ilk marotaba MSKning barcha yig`ilishlari keng jamoatchilikka ochiq va real vaqt rejimida efirga uzatilgani va uning qarorlari darhol komissiya saytida e`lon qilindi.
– imkoniyati cheklangan saylovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi, saylov kampaniyasi davomida milliy ozchiliklarga nisbatan kamsitish hollari yoki biron bir salbiy bayonotlar qayd etilmadi
– 2019 yilda tashkil qilingan Saylovchilarning yagona elektron ro`yxati sezilarli darajada takomillashtirilib, keng jamoatchilikka, shu jumladan Internetda orqali foydalanish imkoniyatini yaratdi. Bu real vaqtda saylovchilar haqidagi ma`lumotlarni yangilash imkonini berdi.
O`z navbatida, EXHT DIIHB missiyasi rahbari Ouen Merfi saylovni kuzatishga taklif qilinganligi va amaliy yordam uchun O`zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi. Uning so`zlariga ko`ra, «EXHT kuzatuvchilar missiyasi saylovlarni bir oydan ko`proq vaqt davomida kuzatgan, uning faoliyatiga mahalliy hokimiyat yoki umuman hukumat tomonidan biron-bir to`sqinlik bo`lmagan. Aksincha, davlat organlari ham, xususiy sektor ham, fuqarolik jamiyati ham Missiyaga har tomonlama yordam berib, EXHT kuzatuvchilari bilan yaqindan hamkorlik qilgan».
YXHT Parlament Assambleyasi delegasiyasi rahbari Daniella de Rider so`zlariga ko`ra, amalga oshirilgan islohotlardan, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan hayratga tushgan. Uning qo`shimcha qilishicha, "tanlangan islohotlarni aholi tomonidan qo`llab-quvvatlanganlinining yaqqol isboti – bu saylovlarda 80% dan ortiq saylovchi qatnashganligidir".
YXHT qisqa muddatli kuzatuvchilari maxsus koordinatori Reynxold Lopatka matbuot anjumanida demokratiya uzoq jarayon va O`zbekiston to`g`ri yo`ldan ketayotganligini ta`kidladi. “Biz O`zbekistonni bu yo`lida qo`llab-quvvatlaymiz” – dedi R.Lopatka.
Ekspertlarning fikricha, EXHT PA, EXHT/DIIHB va Evroparlamentning 44 mamlakatdan 365 nafar kuzatuvchilardan iborat delegasiyasining saylovlarda ilk bor ishtirok etishi O`zbekistonda so`nggi yillarda amalga oshirilayotgan demokratik o`zgarishlarni e`tirof etilishidan va qo`llab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, prezident Sh.Mirziyoev rahbarligida mamlakatda islohotlarni amalga oshirshish va modernizasiya qilishda tanlangan strategik kursni xalqaro hamjamiyat O`zbekiston tomoni bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.






