AsosiySiyosat

Mirziyoev Rossiya delegasiyasini qabul qildi

'Mirziyoev Rossiya delegasiyasini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 oktyabr kuni mamlakatimizdagi Prezident saylovini kuzatish uchun kelgan rossiyalik kuzatuvchilar delegasiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federasiyasi Federal Kengashi Davlat Dumasi qo`mitasi raisi Leonid Kalashnikovni qabul qildi.

Rossiya parlamenti vakili O`zbekiston etakchisini Prezident saylovida ishonchli g`alabaga erishgani va saylov kampaniyasi muvaffaqiyatli o`tkazilgani bilan dildan qutladi.

Saylov jarayonlari ilg`or xalqaro amaliyot va standartlarga muvofiq tayyorlangani va tashkil etilgani borasida qilingan ishlar yuksak baholandi.

O`zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Parlamentlar o`rtasida yaqin va sermahsul muloqot yo`lga qo`yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo, investisiya, ta`lim, turizm va madaniyat sohalaridagi ikki tomonlama sheriklikni, shuningdek, MDH makonidagi mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun katta imkoniyatlar borligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar