“Liverpul” klubi rahbariyati hujumchi Muhammad Saloh bilan yangi shartnoma borasida muzokara o`tkazmoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, misrlik futbolchi “Liverpul” bilan yangi shartnomasi orqali haftasiga 500 ming funt maosh olmoqchi. Bunga esa “qizillar” rahbariyati javob qaytarganicha yo`q.
Avvalroq Saloh “Liverpul”da uzoq vaqt qolmoqchi ekanini ma`lum qilgandi.