Italiyaning Sisiliya orolining sharqiy qismida yog`ingarchilik tufayli favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kuchli yomg`ir yog`ishidan yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli kamida ikki kishi halok bo`ldi. Yomg`ir ortidan do`l hamda kuchli shamol kuzatildi va bu oroldagi mahalliy aeroportning faoliyatini bir muddat to`xtab qolishiga sabab bo`lgan.
Manbada keltirilishicha, Kataniya shahrining tarixiy markazi suv ostida qoldi. Hukumat zaruriy oziq-ovqat sotadigan do`konlardan boshqa binolarni yopishga ko`rsatma bergan.
Suv toshqinlari tufayli elektr uzatish liniyalari ishdan chiqqan, yo`l va ko`priklar ziyon ko`rgan.