Ispaniyaning Valensiya Politexnika universiteti xodimlari dunyodagi eng qimmat futbolchilarni aniqlash uchun ilmiy tadqiqot o`tkazishdi, deb xabar bermoqda Championat.com.
O`tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko`ra, “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning narxi 101 mln evro, “Barselona” hujumchisi Lionel Messining narxi 141 mln evroga baholandi.
Futbolchilar narxini aniqlashda ularning gol+pas tizimidagi sermahsulligi, etakchilik xususiyatlari va transfer bozoridagi narxi inobatga olingan. Shu tariqa, 28 yoshli argentinalik 31 yoshli portugaliyalik hamkasbidan 40 mln evroga qimmatroq bo`lib chiqdi.
Taqqoslash uchun, joriy mavsumda Ronaldu Primeraning 31 o`yinda maydonga tushdi va 31 ta gol kiritib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Messi 28 o`yinda 23 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifi bo`ldi.