"Lester" klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoani chempionlikka olib kelsa, risar unvoni bilan taqdirlanadi.
Lester shahri parlamenti Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronga ushbu iltimosni qondirish uchun xat yo`lladi.
“Raneri "Lester" klubi muxlislariga ajoyib ertak taqdim etdi. Buni muxlislar 100 yillab eslab yuradi. Shu sababli uni risar unvoni bilan taqdirlash to`g`ri bo`ladi”, - deydi deputatlar.
O`z navbatida Raneri ushbu xabarlarga munosabatini bildirdi: “Menga bu taklif yoqib tushdi. Afsuski, ser bo`lish uchun ingliz bo`lib tug`ilish kerak”.
Qayd etish joiz, Lester shahri meri shahar ko`chalarini klub etakchilari Jeymi Vardi, Rotert Xut va Ves Morganga atab nomlanishi haqida ma`lum qilgandi.





