AsosiySport

Rasman: Manuel Noyer “Bavariya” bilan shartnomasini uzaytirdi

Germaniyaning “Bavariya” jamoasi posboni Manuel Noyer myunxenliklar bilan yangi shartnoma imzoladi, bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

30 yoshli germaniyalik darvozabon "Bavariya" bilan kelishuvni 2021 yilga qadar uzaytirdi. 

Eslatib o`tamiz, Manuel Noyer “Bavariya” bilan uch karra Germaniya chempioni bo`lgan va to`rtinchisiga juda yaqin kelmoqda. Bundan tashqari, Noyer myunxenliklar bilan ikki marta Germaniya Kubogi, bir martadan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o`rtasidagi jahon chempionati g`olibligini qo`lga kiritishga muvaffaq bo`lgan. 

Shuningdek, Manuel Noyer 2014 yilda Germaniya termasi safida Jahon chempioni bo`lgan. 2010 yilda jahon chempionati 2012 yilda Evropa chempionati bronza medallariga sazovor bo`lgandi.

    Boshqa yangiliklar