AsosiyDunyo

Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bor COVID-19'ga qarshi dorini tasdiqladi

'Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bor COVID-19'ga qarshi dorini tasdiqladi'ning rasmi

Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bor Mersk kompaniyasining COVID-19 virusiga qarshi tabletkalarini tasdiqladi.

Molnupiravir nomli dorini koronavirusga chalingan bemorlar uy sharoitida qabul qilishlari mumkin bo`ladi. Bu haqda BBCga tayanib Zamon.uz xabar qildi. 

"Bugun mamlakatimiz uchun tarixiy kun, chunki Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bo`lib uyda qabul qilinishi mumkin bo`lgan COVID-19 virusiga qarshi dorini tasdiqladi", - dedi Buyuk Britaniya sog`liqni saqlash vaziri Sajid Jovid. 

Uning so`zlariga ko`ra, tabletkalar yaqinda kasallik aniqlangan bemorlarga kuniga ikki marta beriladi. Ilgari ma`lum qilinganidek, klinik sinovlarning uchinchi bosqichida Molnupiravirni qabul qilgan bemorlarning atigi 7,3 foizi kasalxonaga yotqizilgan. Qurbonlar esa yo`q. 

Bundan tashqari, ushbu vosita koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda muhim yordamchiga aylanishi mumkinligi aytilgan.

    Boshqa yangiliklar