AsosiySport

1,5 million dollar tikilgan o`yin. “Nasaf” bugun OFK kubogi-2021 finalida to`p suradi

'1,5 million dollar tikilgan o`yin. “Nasaf” bugun OFK kubogi-2021 finalida to`p suradi'ning rasmi

Bugun Bahrayndagi “Sheih Ali bin Mohammed Al Halifa Stedium”da OFK kubogi-2021 final uchrashuvi bo`lib o`tadi.

Unda Bahraynning sovrindor jamoasi “Al-Muharraq” mezbon sifatida “Nasaf”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Mazkur baxs g`olibi OFK kubogi-2021 g`olibi bo`lishdan tashqari, o`z hisobini 1,5 million AQSh dollarini ham boyitib olishi ko`zda tutilgan.

Ma`lumot uchun, ushbu jamoalar bir marotabadan ushbu musobaqa g`olibligini qo`lga kiritgan. Xususan, “Al-Muharraq” 2008 yilda g`olib chiqqan bo`lsa, “Nasaf” 2011 yilda turnir g`olibligini qo`lga kiritgan.

Mazkur baxsda Ro`ziqul Berdiev shogirdlariga omad tilab qolamiz!

    Boshqa yangiliklar