Qatarning “Al-Sadd” klubi matbuot xizmati bosh murabbiy Xavi bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi. Xavi tez orada “Barselona” bosh murabbiyiga aylanishini tasdiqladi.
Qayd etilishicha, ikki klub rahbariyati Xavi bo`yicha kelishuvga erishgan.
“Kelajakda “Barselona” bilan hamkorlik qilish bo`yicha kelishib oldik. Xavi “Al-Sadd” tarixining muhim qismiga aylandi va biz unga omad tilab qolamiz. Xavining pozisiyasini to`g`ri tushundik. Chunki u o`zining qadrdon jamoasiga yordam berishni istamoqda. Hozirda “Barselona”ga oson emas. Shundan kelib chiqib, biz uning qaroriga qarshi chiqmaslikga qaror qildik”, - deylida klub rasmiy bayonotida.