AsosiySport

Sportico: Tarixda eng ko`p pul ishlab topgan sportchilar ma`lum qilindi

'Sportico: Tarixda eng ko`p pul ishlab topgan sportchilar ma`lum qilindi'ning rasmi

Sportico nashri dunyodagi mashhur sportchilar faoliyati davomida qancha pul ishlab topganini hisoblab chiqdi. 

Qayd etilishicha, mazkur tadqiqot natijalariga ko`ra, 25 nafar serdaromad sportchilardan iborat reyting tuzib chiqilgan. 

Reytingni shakllantirish vaqtida sportchilarning shu vaqtgacha ishlab topgan maoshi, reklama shartnomalari va boshqa daromadlari

Unga ko`ra, Maykl Jordan 1-o`rindan joy egalladi. Amerikalik basketbolchi faoliyati davomida 2,62 milliarddan ortiq mablag`ni ishlab topgan. 2-o`rinni 2,1 milliard dollar daromadi bilan golfchi Tayger Vuds egallagan. “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 5-o`rindan joy oldi. U faoliyati davomida ishlab topgan daromadi 1,24 milliard dollarni tashkil qiladi. Lionel Messi esa 1,14 milliard dollar bilan 8-o`rinni zabt etgan. 

Kuchli o`nlikdan joy olgan sportchilar ro`yxati bilan tanishing:

1. Maykl Jordan (basketbol) – 2,62 mlrd dollar
2. Tayger Vuds (golf) – 2,1 mlrd dollar
3. Arnold Palmer (golf) – 1,5 mlrd dollar
4. Jek Niklaus (golf) – 1,38 mlrd dollar
5. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 1,24 mlrd dollar
6. Floyd Meyvezer (boks) – 1,2 mlrd dollar
7. Lebron Jeyms (basketbol) – 1,17 mlrd dollar
8. Lionel Messi (futbol) – 1,14 mlrd dollar
9. Mixael Shumaxer (avtopoyga) – 1,13 mlrd dollar
10. Rojer Federer (tennis) – 1,12 mlrd dollar

Boshqa yangiliklar