Fransiyaning PSJ jamoasi prezidenti, qatarlik biznesman Nosir Al-Xelaifi portugaliyalik murabbiy Joze Mourino bilan klubni boshqarish masalasida aloqaga chiqdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, parijliklar rahbariyati jamoaning evrokuboklardagi omadsiz ishtirokidan norozi va amaldagi murabbiy Loran Blan xizmatlaridan voz kechishi mumkin.
Fransiyalik mutaxassis bir necha yillardan buyon PSJni EChLda muvaffaqiyat sari boshlay olmayapti. Shuning uchun, uning o`rniga Joze Mourinoni taklif qilishmoqchi. O`z navbatida, portugaliyalik 53 yoshli mutaxassis mavsum so`nggida bir qarorga kelishini bildirdi.
Avvalroq Mourino “Manchester Yunayted” bilan uch yillik shartnoma imzolagani va yangi mavsumdan boshlab mankunianlarni boshqarishi xabar qilingandi.





