Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida futbol turniri o`tkazilayotgan vaqt o`yinni kuzatib o`tirgan muxlis17 yoshli futbolchini otib tashladi, deb xabar bermoqda NGS24 ga taya`nib RIA Novosti.
Ma`lumotga ko`ra, voqea maktab jamoalari o`rtasida bo`lib o`tayotgan turnir vaqtida, "Izumrud" sport saroyida sodir bo`lgan.
Ta`kidlanishicha, o`yin davomida futbolchilardan birining otasi raqib jamoaga baqirib, qo`pol so`zlarni so`zlay boshlagan. Shundan so`ng, o`zini boshqara olmay to`pponchadan o`q uzadi.
O`yinchilardan birining so`zariga ko`ra, o`q jamoadoshlarining elkasiga qarata travmatik to`pponcha orqali uzilgan.
Shuningdek, sport majmuasi xodimlaridan biri holatga quyidagicha izoh bildirgan.
"Bu o`yin vaqtidagi his-tuyg`ularni boshqara olmaslik deb bilaman. Bizda bunday holat birinchi marta sodir bo`lmoqda, ilgari hech qachon bu vaziyatga uchramaganmiz. Lekin ular to`pponcha ichida o`qotar qurol emas, rezina o`qlar bo`lgan, deyishadi. Biz o`zimiz ham hali ko`p narsani bilmaymiz", - deydi u.
Xabarga ko`ra, o`smir jiddiy jarohat olmagan – u kasalxonaga etkazilgan va tez orada uyiga jo`natilgan.






