1

Nyu-Yorkdan Toshkentga qaytayotgan yo`lovchilar samolyotda janjal ko`tarishdi

Jamiyat 08.11.2021, 15:50
Nyu-Yorkdan Toshkentga qaytayotgan yo`lovchilar samolyotda janjal ko`tarishdi

 2021 yilning 20 avgust kuni soat 05:30larda “Nyu-York-Toshkent” yo`nalishidagi "HY 102"-sonli reys bilan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelayotgan yo`lovchi Buxoro viloyati, Buxoro shahri K,-Murtazoev ko`chasida yashovchi A.I. havo kemasining 40-E o`rindig`ida kelayotgan yo`lovchi Sh.B. bilan o`zaro kelishmovchilik oqibatida yuz qismiga qo`llari bilan urib tan jarohati etkazgan.

Sud tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko`ra, Sh.B.ning sog`lig`ining qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan engil tan jarohati olganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Sh.B.ning arizasi bilan jinoyatni sodir etgan A.I.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Fuqaro A.I.ni O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan vaqtda, jabrlanuvchi Sh.B. gumonlanuvchi A.I. bilan o`zaro bir-birlariga nisbatan da`volari yo`qligini bildirishgan. Sh.Bga  etkazilgan moddiy zarar to`liq qoplanganligi va ular o`zaro yarashib olishganligi sabab fuqaro A.I. nisbatan ochilgan jinoyat ishi tugatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1