1

Farg`onada "Matiz" yonib ketdi

Jamiyat 08.11.2021, 18:22
Farg`onada "Matiz" yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Marg`ilonda "O`ram" choyxonasi oldida "Matiz" yonib ketibdi" nomli xabar tarqaldi. FVVning hududiy boshqarmasi kelib chiqqan yong`in tafsilotlarini ma`lum qildi .

Qayd etilishicha,  2021 yilning 8 noyabr kuni soat 10.54 da Marg`ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi navbatchilik qismiga fuqaro K.B. tomonidan Marg`ilon shahar "Maorif" MFYda joylashgan Asr to`yxonasi oldida matiz rusumli avtomobili yonayotganligi to`g`risida xabar berilgan. Xabarga asosan yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10.57 da etib borgan va soat 11.00 da yong`in bartaraf etilgan.  

Ma`lumotga ko`ra, yong`in natijasida tan jarohati olganlar va xalok bo`lganlar mavjud emas.  

"Xozirda yong`in sababi aniqlamokda",–deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1