1

Rossiyada og`ir tan jarohat olgan fuqaro O`zbekistonga qaytarildi

Jamiyat 08.11.2021, 20:59
Rossiyada og`ir tan jarohat olgan fuqaro O`zbekistonga qaytarildi

Rossiyada og`ir tan jarohati olgan yurtdoshimiz O`zbekistonga qaytarildi. Fuqaroni Tashqi mehnat migrasiyasi xodimlari Toshkent xalqaro aeroportida tez tibbiy yordam brigadasini jalb qilgan holda kutib oldi. Bu haq

Agentlikning Moskva shahridagi vakolatxonasiga Andijon viloyatidan I.M. O`zbekistonga qaytishda amaliy yordam so`rab murojaat qiladi.

Ushbu murojaat bo`yicha o`rganish ishlari olib borilganda, M.I. joriy yilning may oyida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federasiyasining Ryazan shahriga ketganligi, ammo sentyabr oyida velosiped haydayotganda chuqurlikka yiqilishi oqibatida umurtqa pog`onasidan og`ir tan jarohati olganligi va jarrohlik amaliyotini boshidan kechirganligi aniqlandi.

Bugungi kunda fuqaro mustaqil harakatlana olmasligi va mehnat qobiliyatini yo`qotganligi sababli davolanish jarayonini davom ettirish maqsadida Vatanga qaytish uchun yordam so`ragan.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tashabbusi bilan fuqaro 8 noyabr kuni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan Moskva – Toshkent aviareysi orqali Vatanga qaytarildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1