1

Aydar-Arnasoy ko`llar tizimida ekoturizm rivojlantiriladi

Jamiyat 08.11.2021, 21:24
Aydar-Arnasoy ko`llar tizimida ekoturizm rivojlantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoev bugun, 8 noyabr kuni Aydar-Arnasoy ko`llar tizimida ekologik barqarorlikni saqlash va ekoturizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoev Navoiy va Jizzax viloyatlarida bo`lgan saylovoldi uchrashuvlarida aytgan edi. Yig`ilishda shu boradagi aniq rejalar va erishiladigan natijalar ko`rib chiqildi.

Hududda ekoturizmni rivojlantirish uchun, avvalo, suv hajmi barqarorligini ta`minlash, bioxilma-xillikni asrash kerakligi ta`kidlandi. Ko`llar atrofida qo`shimcha sayyohlik zonalari va dam olish maskanlari barpo etish masalasiga alohida e`tibor qaratildi. Shu bilan birga, Aydar-Arnasoy ko`llar tizimining mavjud imkoniyatlaridan keng foydalangan holda bu erda baliqchilikni yanada rivojlantirish kerakligiga urg`u berildi.

Bugungi kunda ushbu hududdan yiliga bor-yo`g`i 4 ming tonna baliq ovlanmoqda. Sharoit yaratish va ishlarni tizimli tashkil qilish hisobiga, bu hajmni 20 ming tonnaga etkazish va bu orqali yangi ish o`rinlari yaratish mumkin. Shu bois, tadbirkorlarni jalb qilib, ko`llarni ijaraga bergan holda, klaster usulida baliq etishtirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

Shunday loyihalarni ko`paytirish, kreditlar ajratib, har tomonlama qo`llab-quvvatlash zarurligi ta`kidlandi.

Mutasaddilarga Aydar-Arnasoy ko`llar tizimining ekologik holatini yaxshilash bo`yicha dastur qabul qilish vazifasi qo`yildi. Uning doirasida ko`llar tizimida suv sathini barqaror saqlash va sho`rlanish darajasini kamaytirish choralari ko`riladi. Qirg`oqlar bo`yidagi 800 gektar erda daraxt va butalar ekiladi.

Hududda ekologik xavfsizlikni kuchaytirish, brokonerlik va boshqa huquqbuzarlikning oldini olish bo`yicha ham topshiriqlar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1