AsosiyJamiyat

Samarqandda bir oilaning 4 nafar a`zosi is gazidan vafot etdi

'Samarqandda bir oilaning 4 nafar a`zosi is gazidan vafot etdi'ning rasmi

Samarqand viloyati Narpay tumanida bir oilaning 4 nafar a`zosi is gazidan vafot etgan. Bu haqdagi ma`lumotlarni "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Aniqlanishicha, 2021 yil 22 oktyabr kuni soat 12:30 larda Narpay tumani, Narpay mahallasida yashovchi fuqaro J.S. (1984 y.t.), uning turmush o`rtog`i Sh.Z. (1987 y.t.) va 2 nafar voyaga etmagan farzandlari M.X.  (2012 y.t.) hamda J.X.ning (2018 y.t.) murdasi yashash uyida is gazidan zaharlangan holda tan jarohatlarisiz topilgan.

Hodisa joyini ko`zdan kechirishda marhumlar yotgan xonada qo`l bola usulda yasalgan, tabiiy gaz tarmog`iga ulangan isitish pechi mavjud bo`lib, mazkur pechning dud-bo`ronida qushlar in qurganligi natijasida xas-xashaklar bilan to`lib qolganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan o`sha kunning o`zida tuman prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar