AsosiyJamiyat

Parijda o`tkaziladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlariga sportchilarimizni kompleks tayyorlash choralari ko`riladi

'Parijda o`tkaziladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlariga sportchilarimizni kompleks tayyorlash choralari ko`riladi'ning rasmi

“2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo`lib o`tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o`yinlariga O`zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5281-son, 05.11.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

Qaror bilan 2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo`lib o`tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o`yinlariga O`zbekiston sportchilarini tayyorlash dasturi hamda maqsadli ko`rsatkichlar tasdiqlandi.  

Maqsadli ko`rsatkichlar quyidagilarni nazarda tutadi:

➖ Olimpiya o`yinlari bo`yicha 244 ta dasturda ishtirok etish hamda 26 ta sport turi bo`yicha 103 ta lisenziyani, shu jumladan 8 ta istiqbolli olimpiya sport turlari bo`yicha (badminton, stol tennisi, qoyani zabt etish, suv polosi, sinxron suzish, suvga sakrash, ot sporti, triatlon) 31 ta dasturda ishtirok etish va lisenziyalarni qo`lga kiritish;

➖ Paralimpiya o`yinlari bo`yicha 476 ta dasturda ishtirok etish hamda 12 ta sport turi, shu jumladan bochcha, parastol tennisi, parakamondan otish, paravelosport bo`yicha jami 105 ta lisenziyani qo`lga kiritish.

2022/2023 o`quv yilidan olimpiya zaxiralari sportchilarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan sport-ta`lim muassasalarida ayollar uchun qabul kvotalari oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar