AsosiyJamiyat

Rossiyadagi yurtdoshlarimiz haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi bo`yicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi

'Rossiyadagi yurtdoshlarimiz haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi bo`yicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan O`zbekistonning Rossiya Federasiyasidagi konsullik muassasalarida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi bo`yicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Unga ko`ra, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali Ichki ishlar vazirligining Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXBB) tomonidan rasmiylashtiriladi.

Talabgor haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun konsullik muassasasiga ariza bilan murojaat qiladi.

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirish uchun:

  • BHMning 70 foizi (189 ming so`m) miqdorida to`lov;
  • 20 AQSh dollari miqdorida konsullik yig`imi;
  • 20 AQSh dollari miqdorida haqiqiy xarajatlarning o`rnini qoplash uchun yig`im undiriladi.

    Boshqa yangiliklar