Fransiya Ruan Normandiya va “Ipak yo`li” turizm xalqaro universiteti o`rtasida 3 yillik hamkorlik memorandumi onlayn tarzda imzolangan. Bu haqda Buxoro viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur hamkorlik doirasida Ipak yo`li turizm xalqaro universiteti bilan keng qamrovli ta`lim va ilmiy aloqalar, xususan universitet huzuridagi, hozirda Buxoro turizm madaniy meros texnikumi Evropaning nufuzli ta`lim dargohi bilan o`zaro aloqalarni rivojlantirish maqsad qilingan.
Hamkorlik memorandumining onlayn imzolash marosimida tomonlarning o`zaro uchrashuvi 2021-yil noyabr oyida Buxoro va Samarqandda tashkillashtirilishi rejalashtirib olingan.
8-noyabr kuni Buxoro Turizm va madaniy meros texnikumi Fransiyaning Ruan universiteti professor-o`qituvchilarini kutib olishdi.
Ikki kun davomida Ruan universiteti professor-o`qituvchilari qo`shma dastur asosida ish olib borishadi.
Unda talabalar va o`qituvchilar tajriba almashinuvi, dars jarayonlaridagi yangiliklar va qator qo`shma dasturlar o`rin olgan.






