Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Rossiya Federasiyasining “Standart+” va “Nove lyudi” korxonalari bilan bo`sh ish o`rinlariga O`zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo`yicha kelishuvga erishilgan.
Ushbu kelishuvga asosan tashkil etilgan tanlovdan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolarning 22 nafari belgilangan tartibda tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, Toshkent xalqaro aeroportidan Moskva viloyatidagi qurilish ob`ektlarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan tartibda jo`natildi.
Xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolar bilan targ`ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilib, tarqatma materiallar berildi.