Shu munosabat bilan O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi ustozning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya bildiradi.
Abduvahob Nurmatov uzoq yillar turli lavozimlarda olib borgan faoliyati davomida matbuot, ta`lim-tarbiya, ma`naviyat va ma`rifat, san`at, madaniy merosni muhofaza qilish sohalarida samarali mehnat qilgan.
Ustoz jurnalist ma`rifatparvar inson sifatida hamkasblari, shogirdlari, keng jamoatchilik qalbidan joy olgan. Ayniqsa, viloyat hokimining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha yordamchisi sifatida viloyatda ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini yuqori bosqichga ko`tarishga munosib hissa qo`shgan.