AsosiyJamiyat

Mahallalarda “hokim yordamchisi” bilan birga “yoshlar etakchisi” lavozimi ham joriy qilinadi

'Mahallalarda “hokim yordamchisi” bilan birga “yoshlar etakchisi” lavozimi ham joriy qilinadi'ning rasmi

Prezident ishtirokidagi videoselektor yig`ilishida ma`lum qilinishicha, o`n kun muddat ichida bilimi, tajribasi, tashabbuskorligiga hamda u ish boshlaydigan mahallaning o`ziga xosligi va mavjud imkoniyatlaridan foydalana olish salohiyatiga ko`ra har bir mahalla bo`yicha “hokim yordamchisi” uchun nomzodlar aniqlanib, bunga viloyat hokimlari va ularning vakillari mas`ul bo`ladi. Bu haqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar bermoqda.

Shundan kelib chiqib, kelgusi yil 1 yanvardan respublikaning 9 ming 259 ta mahallasida “hokim yordamchilari” ish boshlaydi. Ular joriy yil 15 dekabrga qadar o`qitiladi.

Bundan tashqari, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, har bir mahallada viloyat hokimining yordamchisi – yoshlar etakchisi lavozimi joriy etiladi.

Yoshlar siyosati eng muhim masalalardan biri ekanligini inobatga olib, ushbu yoshlar Prezident vakili bo`ladi.

“Endi yoshlar bilan o`zim shug`ullanaman!”, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Ularning asosiy vazifalari:

- “yoshlar daftari” va yoshlar dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini ta`minlash;

- mahalladagi har bir yoshlar bilan manzilli ishlab, ularni muammolarini hal etish;

- yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ayniqsa “Beshta muhim tashabbus” ijrosini tashkil etish;

- yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

- hokim yordamchilari bilan birgalikda yoshlarning kasbiy ko`nikmalarini shakllantirish va bandligini ta`minlashdan iborat bo`ladi.

Yoshlar etakchilari harbiy xizmatni o`tagan, yoshlarni ortidan ergashtira oladigan, sadoqatli, fidoyi nomzodlar orasidan tanlab olinadi.

    Boshqa yangiliklar