AsosiyJamiyat

12 ta tuman hokimiga intizomiy chora qo`llaniladi. Ular...

'12 ta tuman hokimiga intizomiy chora qo`llaniladi. Ular...'ning rasmi

Davlat rahbari raisligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida yana bir muhim masala — “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

“Oxirgi 3-4 kunda bo`lib o`tgan changli ob-havo sharoiti ham ushbu dastur nihoyatda to`g`ri ekanini yaqqol ko`rsatib turibdi. Bir narsani aniq tushunish kerak, viloyat, tuman va shahar hokimlari uch kun muddatda o`zining hududida xalqqa murojaat qiladi, Prezident va Senatga qilingan ishlar haqida har oyda hisobot beradi. Bunda qo`shib yozish, raqamlarni bo`rttirib ko`rsatish, pala-partish qilingan ishlar o`z-o`zidan bilinib qoladi, – dedi Prezident.

Yig`ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida boshlangan ko`chat ekish ishlari Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Tomdi, Do`stlik, Arnasoy, Forish, Yangiariq, Sherobod, Termiz, Muzrabot, G`uzor, Kitob tumanlarida haligacha boshlanmagani tanqid qilindi.

Prezident tegishli viloyat hokimlariga bu tuman rahbarlariga intizomiy choralarni qo`llash haqida topshiriq berdi.

    Boshqa yangiliklar