Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Germaniyaning "NoVo Agency e.K." tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tibbiyot sohasida o`rta-maxsus va oliy ma`lumotiga ega bo`lgan hamshiralar ishga taklif qilinmoqda.
Bo`sh ish o`rni bo`yicha ma`lumot:
- hamshiralik;
- to`liq bandlik;
- yuqori oylik maosh;
- haftasiga 40 soatlik mehnat grafigi; Nomzodlar uchun talablar:
- 35 yoshgacha bo`lish;
- tibbiyot kolleji/texnikumini (3 yillik) yoki Tibbiyot institutining "Hamshiralik ishi" yo`nalishini tugatgan bo`lishi (bakalavr diplomi yuqori baholanadi);
- nemis tilini V1 darajada bilish;
- ish tajribasiga ega bo`lish.
Murojaat uchun: (71) 202-33-55 (ichki raqamlar: 66, 17) yoki 1282 qisqa raqami.






