2021 yil 9 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 188619 (+221) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 14 nafari Andijon viloyatida,
- 9 nafari Buxoro viloyatida,
- 4 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 5 nafari Namangan viloyatida,
- 17 nafari Samarqand viloyatida,
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 22 nafari Farg`ona viloyatida,
- 10 nafari Xorazm viloyatida,
- 47 nafari Toshkent viloyatida,
- 85 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
🔹Qoraqalpog`iston Respublikasida 1 nafar,
🔹Andijon viloyatida 19 nafar,
🔹Buxoro viloyatida 29 nafar,
🔹Jizzax viloyatida 6 nafar,
🔹Navoiy viloyatida 3 nafar,
🔹Namangan viloyatida 18 nafar,
🔹Samarqand viloyatida 20 nafar,
🔹Farg`ona viloyatida 19 nafar,
🔹Xorazm viloyatida 24 nafar,
🔹Toshkent viloyatida 43 nafar,
🔹Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 184814 (+307) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1346 nafarni tashkil qildi.
Mamlakatimizda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yaxshilanayotgan bo`lsa-da, aholidan hotirjamlikka berilmaslikni, belgilangan karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishlarini va bu orqali o`zlarini hamda boshqa yurtdoshlarimizning salomatligini asrashini so`rab qolamiz.






