9 noyabrda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 323 616 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 184 874 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 82 717 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 56 025 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 28 494 503 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 14 834 189 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 9 049 573 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 4 610 741 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Samarqand viloyati (62 649 doza),
- Toshkent viloyati (35 280 doza),
- Toshkent shahri (30 738 doza) band qildi.
E`tiborlisi, Farg`ona va Namangan viloyatlarida qo`llanilgan vaksina miqdori 3 million dozadan oshdi.
Birinchi doza bilan emlanish ko`rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 69,1 foizni tashkil qilmoqda.






